8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram bellashuvi tashkil etildi.
Joriy yilning 3-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 75-sonli umumta’lim maktabi hamkorligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram bellashuvi tashkil etildi.
Tadbirda maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib, o‘z bilim, iqtidor va ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar. Bellashuv jarayonida she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda savol-javoblar orqali ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ulari ifoda etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida onalarga, opa-singillarga va barcha xotin-qizlarga nisbatan hurmat, e’zoz va mehr tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi hamda barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.