8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 8-sinflar o‘rtasida “Eng iste’dodli qizlar”
AYOL — MEHR VA NAZOKAT TIMSOLI 🌷
Joriy yilning 4-mart kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 75-son umumta’lim maktabi hamkorligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 8-sinflar o‘rtasida “Eng iste’dodli qizlar” nomli bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Bellashuv jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar. Kuy-qo‘shiqlar, dilbar she’rlar, sahna ko‘rinishlari va qiziqarli shartlar orqali bayram shukuhi yanada oshdi. Har bir jamoa o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarga unutilmas taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida ayol zotining jamiyatdagi beqiyos o‘rni, onalarga hurmat va ehtirom masalalari alohida ta’kidlandi.
Yakunda faol va g‘olib jamoalar munosib taqdirlandi.
Bayramona ruhda o‘tgan ushbu musiqali bellashuv barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamladi