"Zulmatni yoritgan ziyo maskani"
2025-yil 27-may kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga Mustaqillik, Xalqibod mahallasi hududida istiqomat qiluvchi yoshlar kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, kitob fondida saqlanayotgan kitoblar bilan tanishish maqsadida "Zulmatni yoritgan ziyo maskani"mavzusida kutubxonaga sayohat uyushtirdilar. Ular sayohat davomida nafaqat kitoblar bilan tanishmoqdalar, balki, o‘zlari sevib o‘qigan asarlari, undagi o‘zlariga ideal deb topgan qaxramonlar haqida ham suhbatlashib, fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashmoqdalar. Shu bilan bir qatorda mutaxassislar tomonidan kutubxonada yaratilgan sharoitlar, lug'at kitoblar, ensiklopediyalar, elektron ma'lumot bazalari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.