Zulfiya Isroilova tavalludiga bag‘ishlangan rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Zulfiya Isroilova tavalludiga bag‘ishlangan rasmli ko‘rgazma
Yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, sadoqat va nafosat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida buyuk shoira Zulfiya Isroilova tavalludiga bag‘ishlangan rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada shoira hayoti va ijodiga oid nodir suratlar, kitoblar, ijod namunalaridan parchalar hamda u haqidagi esdaliklar namoyish qilindi. Ishtirokchilar Zulfiya she’riyatining mazmun-mohiyati, ayol qalbining nozik kechinmalari va yurtga muhabbat aks etgan satrlar bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir davomida:
Shoiraning hayot yo‘li haqida ma’lumot berildi
She’rlaridan namunalar o‘qildi
Yosh kitobxonlar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni kitobxonlikka chorlab, milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
📖 Ma’naviyatga yo‘g‘rilgan uchrashuv barcha ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.