Zulfiya Isroilova tavalludiga bag‘ishlangan ma'maviy-marifiy musiqali tadbir
Joriy yilning 27-fevral sanasidaZomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda 2-"Shodlik"nomli MTT bilan hamkorligida ma'maviy-marifiy musiqali tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida shoira qalamiga mansub she’rlar yangrab, ularning mazmun-mohiyati musiqiy chiqishlar bilan uyg‘unlashtirildi. Yosh ijodkorlar va o‘quvchilar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, she’riy kompozitsiyalar taqdim qilindi.
✨ Tadbir jarayonida:
🔹 Shoiraning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berildi
🔹 She’rlaridan namunalar ifodali o‘qildi
🔹 Musiqiy chiqishlar namoyish etildi
🔹 Ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar
🌺 Musiqali kecha barcha qatnashchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, yoshlar qalbida adabiyot va san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
📖 Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.