“Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi
“Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi
Joriy yilning 10-iyun sanasida Zomin tumanaxborot-kutubxona markizi hodimlari hamda Ichki ishlar hodimlari bilan hamkorlikda Kutubxonada kitobxonlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda kutubxonachilar faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida kutubxonachilar o‘rtasida “Eng faol kutubxonachi” tanlovi tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z kasbiy mahorati, kitob targ‘iboti bo‘yicha olib borayotgan ishlari, innovatsion g‘oyalari hamda kitobxonlar bilan ishlashdagi tajribalarini namoyish etdilar.
Tadbir qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Tanlov yakunida faol ishtirok etgan kutubxonachilar munosib taqdirlanib, kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilandi.