"Zukko kitobxon"
Jizzax viloyati Zomin tuman Yoshlar ittifoqi markazi binosida joylashgan Axborot kutubxona markazida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida yoshlar òrtasida kitobxonlikni tarģib etish , mutoalaa madaniyatini shakllantirish maqsadida ijodkor yoshlar òrtasida "Zukko kitobxon" hamda "Mushoira" ijodiy tanlovning tuman 1-sektor bosqichi bellashuvlari bòlib òtdi.Tuman hokimligi ,Yoshlar ishlari agentligi, tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan tashkil etilgan bellashuvda sektor mahallalar bosqichidan ģoliblikni qòlga kiritib kelgan 30 nafar yoshlar faol ishtirok etdi.Yakuniy natijalarga kòra ,"Zukko kitobxon" tanlovida faxrli 1-òrinni "Intelektual yoshlar" jamoasi, "Mushoira" tanlovida 1-òrinni Anorboeva Dilbar qòlga kiritib tuman bosqichi yòllanmasini qòlga kiritdilar.