"Zominim-faxrimsan"
“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2022” XI Milliy axborot-kutubxona haftaligi va “Yangi O‘zbekistonning intellektual salohiyati - yoshlar qoʻlida!” II Yosh kutubxonachilar forumi doirasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi "Tafakkur gulshani" kitobxonlar klubi a'zolari bilan "Zominim-faxrimsan" nomli kitoblar ko'rgazmasi va davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi Abdusattor Sodiqov so'zga chiqib, Zomin tuman tashkil etilish tarixi hamda bugungi kundagacha bo'lgan tumanimiz yutuqlari haqida ma'ruza qildi. Kutubxona markazi mutaxassislari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.