ZOMINDA XOTIRA VA QADRLASH KUNIGA BAG'ISHLANGAN TADBIR BO'LIB O'TDI
2-Jahon urushi yillarida bizning Zomin tumanidan ham 5 mingdan ortiq mard o‘g‘lonlar yurt sarhadlariga yovni yaqin yo‘latmaslik maqsadida frontga otlanganlar. Ana shu mard va jasur, yurt sha’ni, tinchligi, avlodlar xotirjamligi uchun jonini tikkan insonlar hurmati, o‘tganlarning ruhini shod etish, oramizdagi barchaga ibrat namunasi bo‘lmish bobokalonlarimizga ehtirom ko‘rsatish maqsadida har yili bo‘lgani kabi bu yil ham tuman markazidagi “Motamsaro ona” haykali va Hotira hiyobonida katta tadbir tashkil etildi. Tadbirda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi rahbari va mutaxassislari faol qatnashishdi.
https://telegra.ph/ZOMINDA-XOTIRA-VA-QADRLASH-KUNIGA-BAGISHLANGAN-TADBIR-BOLIB-OTDI-05-07