Zomin tumanining “Baxt” va “Chilonzor” mahallalarida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda
“Navro‘z” umumxalq bayramining shukuhi davom etayotgan ayni kunlarda viloyatimizning barcha mahallalarida, shu jumladan qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hududlardagi mahallalarda hamda qirg‘iz va tojik millatiga mansub aholi istiqomat qilib kelayotgan mahallalarda xalq sayllari shodu-xurramlik bilan o‘tmoqda.
Jumladan, turli millat va elatlarning vakillari bilan birgalikda o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlar do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotir.
Hayit bayrami munosabati bilan “Hayit oshi – tinchlik, do‘stlik va bag‘rikenglik oshi” ekanligining amaldagi ifodasi sifatida ehson tadbirlari ham o‘tkazilmoqda. Tadbirda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi direktori N. Anvarova boshchiligida kutubxona xodimlari tomonidan kitob ko'rgazmalarini tashkil etdi. Shuningdek, milliy taomlar — sumalak, halim va osh tayyorlash jarayonlari namoyish etildi.