Zomin tumanida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
#Zomin_tumani
Zomin tumanida “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida Zomin tumani Yoshlar markazi binosida katta ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda yurtimizning mashhur san’at arboblari – O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov, estrada xonandalari Aziz Rajabiy va Jasur Raximov, shuningdek estrada xonandasi va kino aktyori Bekzod Isxakov ishtirok etib, yoshlarga, mahalla faollariga va san’at ixlosmandlariga o‘z ijodiy chiqishlari bilan katta bayramona kayfiyat ulashdilar.
Tadbir doirasida “Birdamlik kubogi” hamda “Shijoat” loyihalari amalga oshirildi. Ushbu loyiha doirasida harbiy qism vakillari tomonidan “Askar hayotining bir kuni” mavzusida qiziqarli chiqishlar o‘tkazildi. Shuningdek, ko‘rgazmalar zalida harbiy qurollar va texnik vositalar namoyishi tashkil etildi.
Bundan tashqari, Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi taqdim etildi. Yoshlar va kitobxonlar uchun yaratilgan bu imkoniyat milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishga xizmat qildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida kuy-qo‘shiqlar, suhbatlar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi. Mahalla aholisi, yoshlar va nuroniylar ishtirokida kechgan mazmunli muloqotlar milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yurtga muhabbat va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.