ZOMIN TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
ZOMIN TUMANIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Bugun tumandagi Yoshlar markazi katta faollar zalida "Yangi Oʻzbekiston - yangi Konstitutsiya" mavzusida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida tuman kitobxonlari hamda mahalla fuqarolari ishtirokida 2023 yil 30 aprel kuni mamlakatimizda o‘tkaziladigan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning mazmun-mohiyati xususida hamda yangi Konstitutsiya loyihasida inson va uning haq-huquqlari borasida kiritilayotgan yangi normalar to‘g‘risida ma'lumotlarni berishdi.
«Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki» shiori ostida o’tkazilgan tadbirida barcha ishtirokchilar o‘z vakolatidan foydalangan holda umumxalq Referendumida faol ishtirok etishga chaqirildi.
https://t.me/zomin_kutubxonasi/4702