Zomin tumanida “Dildagi gaplar” loyihasi o‘tkazildi
#Zomin_tumani
Zomin tumanida “Dildagi gaplar” loyihasi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Umummilliy birdamlik festivali” doirasida Zomin tumani Yoshlar markazi binosida “Dildagi gaplar” loyihasi amalga oshirildi.
Mazkur tadbirda Respublikamizdan tashrif buyurgan san’at arboblari – O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov, estrada xonandalari Aziz Rajabiy, Jasur Raximov, shuningdek estrada xonandasi va kino aktyori Bekzod Isxakov ishtirok etib, yoshlar hamda san’at ixlosmandlari bilan samimiy muloqot qildilar.
Loyiha doirasida Zomin tumani “INSON” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologlar guruhi bosh mutaxassisi Gulnoza Rasulova tomonidan “Yomg‘ir” nomli energojeyzer psixologik mashg‘ulot o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotning asosiy maqsadi – inson ruhiyatida ko‘tarinkilik, hayotdan zavqlanish, ichki uyg‘unlik va ijobiy kayfiyatni shakllantirishdan iboratdir.
Ishtirokchilar trening jarayonida o‘zaro iliq muloqot qilib, mashg‘ulot yakunida yanada kuchli ichki energiya va hayotiy zavqni his etganliklarini ta’kidladilar.