ZOMIN TUMANIDA 9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSIB NISHONLANDI
#Zomin_tumani
ZOMIN TUMANIDA 9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSIB NISHONLANDI
Zomin tumanida 9-may — Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi Buyuk G‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan Xotira maydonida tantanali tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbirda tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, mehnat faxriylari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, Vatan ozodligi va yurt tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz tomonidan ko‘rsatilgan jasorat, matonat va fidoyilik alohida e’tirof etildi. Og‘ir va sinovli yillarda front ortida mashaqqatli mehnat qilgan, jang maydonlarida mardlarcha kurashgan yurtdoshlarimizning jasorati bugungi avlod uchun chinakam ibrat maktabi ekani ta’kidlandi.
Zomin tumani hokimi Alisher Abdug‘aniyev so‘zga chiqib, bugungi tinch va farovon hayot osonlik bilan qo‘lga kiritilmaganini aytib o'tdilar.