Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga xokim muovini tashrif buyurdi.
Kitob har qanday bilimning joni va yuragi, har qanday fanning ibtidosidir.
Stefan Tsveyg
Joriy yilning 5 mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi binosiga Zomin tuman Ijtimoiy soha va yoshlar siyosati bo'yicha hokim muovini Anvarov Sardor Furqat o'g'li tashrif buyurdi. Tashrif davomida Zomin tuman Ijtimoiy soha va yoshlar siyosati bo'yicha hokim muovini Anvarov Sardor tuman kutubxona ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, kutubxonaga a'zo bo'ldi. Tashrif yakunida XX asr o'zbek adabiyoti, fani va madaniyatining yirik vakili, qomusiy bilimga ega olim, adabiyot nazariyachisi, o'tkir tilshunos, betakror dramaturg va shoir, jangovar publistik, noshir va jurnalist, talantli davlat va jamoat arbobi Abdurauf Fitrat asari va tarixiy asarlardan A.Nurmurodovning "Qonli yo'rgaklar" asarlarini mutoala qilish uchun oldi. Hamda tashrifi davomida, so'nggi yillarda kun sayin tuman aholisi o'rtasida kitobxonlikka bo'lgan qiziqishning ortib borayotganligi va bu holat albatta kelajak avlodni ma'naviyatli va ma'rifatli bo'lishida mustahkam poydevor vazifasini bajarishi haqida fikr bildirdilar.
https://telegra.ph/Zomin-tuman-axborot-kutubxona-markaziga-xokim-muovini-tashrif-buyurdi-03-05