Zomin tuman Axborot-kutubxona markazida yangi yil shukuhi.
Yangi yilni kutish odati hamma xalqlarda bor. Yangi yil arafasida archalar bezatiladi. Archa bayramlarida Qorbobo bilan Qorqiz sovg‘a-salomlar bilan bolalar huzuriga kelishadi. Ko‘pchilik xalqlarda Yangi yilda archa chiroqlarini yoqish odati uzoq zamonlardan yetib kelgan. Bu odat qadim zamonlarda Angliya bilan Germaniyada istiqomat qilgan xalqlarda vujudga kelgan. O‘sha uzoq o‘tmishda odamlar qish vaqti o‘rmonda doimiy yam-yashil archa atrofiga to‘planishib, gulxan yoqishgan, qo‘shiq aytib, o‘yin-kulgi qilishgan. Zomin tuman Axborot Kutubxona Markaziga № 60- maktab 1-sinf o'quvchilari ustozlari bilan birga qishki ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida kutubxonaga tashrif buyurishdi. Kutubxona xodimlari bolalarga ertak kitoblarni tanishtirib a'zo bolish tartibi haqida tushunchalar berdi. Bolajonlar katta tasurotlar bilan qaytishdi.
https://telegra.ph/Zomin-tuman-Axborot-Kutubxona-Markazida-yangi-yil-shukuhi-12-26