“Zomin o’lkasi ijodkorlari”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Respublikamizning barcha hududlarida 2023-yilning 10-15-aprel kunlari davomida “Kitobsevar millat” shiori ostida o`tkazilayotgan III Respublika "Kitobxonlik haftaligi" 4 kunida joriy yilning 13-aprel kuni Zomin tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari tomonidan Yoshlar Ittifoqi binosida “Zomin o’lkasi ijodkorlari” mavzusida tadbir bo'lib otdi.
Tadbirda Zomin tuman tarixini o’rganish maqsadida “Zomin o’lkasi ijodkorlari” mavzusida Zomin o’lkasining farzandlariga bag’ishlab kitob va bibliografik qo’llanmalar ko’rgazmasi kutubxonada tashkil etildi. Tuman Axborot-kutubxona markazi mas’ul xodimlari D.Artikova hamda D.Qarshibiyevalar
Zomin o'lkasi ijodkorlari, ulani qilgan ishlari, bosib o'tgan yo'llari haqida ma'lumot berib o'tdilar.
Tadbirda qatnashgan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.