"Zomin o'lkasi ijodkori"
Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug'ilgan. 1970 yilda Toshkent xalq xo'jaligi institutini bitirgan. Ayni paytda shu tumanda fermer xo'jaligi raisi. Iste'dodli shoir xalq xo'jaligidagi faoliyati bilan bir qatorda,badiiy ijod bilan ham muntazam shug'ullanib kelmoqda. Uning "Zomin go'zali", "Muhabbat guldastasi", "Dil ifori", "Ko'ngil orzulari" kabi she'riy to'plamlari va "So'loqli eli shajarasi" nomli tarixiy-publitsistik risolasi allaqachon o'z o'quvchilarini topib ulgurgan.
Bugun Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan o'lka ijodkori qalamiga mansub asarlaridan iborat kitob-rasmli ko'rgazma tashkil etildi. Qadrli kitobxonlar Zomin o'lkasi ijodkori Xoliqnazar Olish qalamiga mansub asarlarini mutoala qilishingizni tavsiya qilamiz.
https://telegra.ph/Zomin-olkasi-ijodkori-08-16