Zomin ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazildi
Kitobxonlik — bu nafaqat o‘qish, balki fikrlash, tushunish va ulg‘ayish san’atidir. Eng yaxshi kitobxonlar esa jamiyatning yuksak tayanchiga aylanishadi.
9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Zomin ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Zomin TAKMi xodimlari bilan hamkorlikda ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o‘qituvchi, tarbiyachi va o‘quvchilar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.Tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar Ikkinchi jahon urushiga oid o‘qigan asarlari asosida chiqish qilishdi. Ular tanlagan asarlarini rasm va slaydlar bilan boyitgan holda mazmunli hikoya qilib berdilar. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning chiqishlarini savol-javob va belgilangan baholash mezonlari asosida baholab, quyidagi ishtirokchilarni g‘olib deb topdi: Abdukarimov B — jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Abdusattotova G — tarbiyachi, Malikova Marjona — 11-"A" sinf o‘quvchisi
https://t.me/zomin_kutubxona/15792