“Ziyo istagan qalblar uchun Ernest Hemenguey”
2024-yil 22-iyul kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazining o‘quv zalida amerikalik yozuvchi Ernest Xeminguey tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan “Ziyo istagan qalblar uchun Ernest Hemenguey” deb nomlangan adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.
📚 Ko‘zgazmada muallifning turli tillarda chop etilgan sara asarlari o‘rin olgan.
✒️ Dastlabki hikoyalar kitobi — «Bizning zamonda» (1924) deb nomlangan. Uning asarlarida inson haq-huquqlari, erkiga tajovuz, insoniy mardlik, qadr-qimmat va muxabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalanadi.
🏆 «Chol va dengiz» (1952) qissasi Xemingueyga katta shuhrat keltirdi va u Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
📝 Uning asarlari o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.