“Ziyo istagan qalblar uchun”
Joriy yilning 27-fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi fondlarni to'ldirish, saqlash va qayta ishlash xizmati tomonidan "Kitobsevar millat" shiori ostida “Ziyo istagan qalblar uchun” nomli kitoblar ko`rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada yangi adabiyotlar va ular haqidagi bir qancha ma’lumotlar o’rin olgan.