"Ziyo istagan qalblar uchun"
Joriy yilning 17-dekabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazining xodimlari tomonidan faol kitobxon o'quvchilar uchun bolalar adabiyotining yetuk nomoyondasi Xudoyberdi To'xtaboyev tavalludi munosabati bilan "Ziyo istagan qalblar uchun" nomli kitob ko'rgazmasi tashkil qilindi. Dastlab o'quvchilarni Xudoyberdi To'xtaboyevning asarlaridan iborat ko'rgazma bilan tanishtirildi . Soʻng ijodkorning asarlarining yaralishi, uning hayoti va ijodi haqida ma'lumot berib o'tildi. Shuningdek ko'rgazma davomida Bibliografiya xizmati xodimi tomonidan "Qasoskorning oltin boshi" nomli kitobiga sharh berib o'tildi.Ushbu ko'rgazmada 18 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.