"Ziyo istagan qalblar uchun"
Joriy yilning 17-dekabr sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazining xodimlari tomonidan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi kitobxonlar klubi va faol o'quvchilar ishtirokida bolalar adabiyotining yetuk nomoyondasi Xudoyberdi To'xtaboyev tavalludi munosabati bilan "Ziyo istagan qalblar uchun" mavzusida tadbir tashkil qilindi. Dastlab o'quvchilarni Xudoyberdi To'xtaboyevning asarlaridan iborat ko'rgazma bilan tanishtirildi . Soʻng ijodkorning asarlarining yaralishi, uning hayoti va ijodi haqida ma'lumot berib o'tildi. Shuningdek tadbir davomida Bibliografiya xizmati xodimi tomonidan "Qiz bolaga tosh otmang" nomli kitobiga sharh berib o'tildi. Ushbu tadbirda 16 nafar ishtirokchi faol qatnashdi.