"Zamonaviy axborot-kutubxona" ilmiy-uslubiy seminar.
2022- yilning 15-oktyabr kuni Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazida "Zamonaviy axborot-kutubxona xizmatlarini rivojlantirish usullari" mavzusida ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi. Tadbirda Sirdaryo va Jizzax viloyati tuman va shahar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi. Tadbirda tuman rahbarlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va bir birlari bilan fikr almashishdi.
Tashkilotchilar: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi, Jizzax AKM, Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti va "E-LINE PRESS" MCHJ.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad: zamonoviy kutubxona menejmenti va xorijiy yetakchi nashriyotlarni ilmiy jurnallar va kitoblarning elektron ma'lumotlar bazasiga ulanish usullari va vositalari, shuningdek milliy axborot-kutubxona tizimlari bilan tanishtirishdan iborat.
https://telegra.ph/Zamonaviy-axborot-kutubxona-ilmiy-uslubiy-seminar-10-17