“Zamonaviy adabiyotlar – yoshlar nigohida” nomli kitob ko‘rgazma
“Zamonaviy adabiyotlar – yoshlar nigohida” nomli kitob ko‘rgazma
Joriy yilning 29-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan 75-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Zamonaviy adabiyotlar – yoshlar nigohida” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada kutubxonaga yangi kelib tushgan badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlari keng namoyish etildi. Jumladan, Oybek, Abdulla Qodiriy, Erkin Vohidov kabi ijodkorlarning asarlari o‘quvchilarga tavsiya etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi adabiyotlarning mazmuni, ularning tarbiyaviy ahamiyati va kitobxonlikni rivojlantirishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quvchilar ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni varaqlab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ko‘rgazma jarayonida faol o‘quvchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, eng qiziqarli deb topgan kitoblari haqida o‘rtoqlashdilar.