“Zakovat” intellektual o’yinini
“Zakovat” intellektual o’yinining bosh maqsadi – talaba, o'quvchi - yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish, do’stlar orttirish, hurmat-e`tibor qozonish, o’tib borayotgan vaqtni mazmunli o’tkazish, bilmagan narsalarni bilib olish, ham g’oliblik, ham mag’lubiyat nashidasini tatib ko’rishdan iborat. Shu jumladan joriy yilning 19 yanvar Zomin tuman axborot-kutubxona markazi binosida maktab o'quvchilari o'rtasida “Zakovat” intellektual o’yini taskil etildi. “Zakovat” intellektual o’yinida “Everest”, “Insayt”, “Action” jamoalari o'zaro kuch sinashdi. Jamoalar bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, o’yinda bilimlarini sinash, rivojlantirish maqsadida ishtirok etdilar. Jamoalarning o’yinga bo’lgan qiziqishlari, intilishlari juda katta. O’yinning kulminatsion nuqtasi “Zakovat” sandiqchasi raundi savolining javobini “Everest” jamoasi yani 60-maktab o'quvchilari to’g’ri topib, jamoasiga ochko olib keldi. O’yinning “Raqamli savol” raundini “Insayt” jamoasidan boshqa barcha jamoalar savolning javobini to’g’ri topib, jamoasiga ochko olib keldi. O’yin so’ngida jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha aniqlandi.
Birinchi o'rin: “Everest” Zomin tuman 60-maktab
Ikkinchi o'rin: “Action” Zomin tuman iqtisoslashtirilgan maktab
Uchinchi o'rin" “Insayt” Zomin tuman 42-maktab
G'olib bo'lgan jamoani Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.