“Zakovat” intellektual o’yini
“Zakovat” intellektual o’yinining bosh maqsadi – yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish, do’stlar orttirish, hurmat-e`tibor qozonish, o’tib borayotgan vaqtni mazmunli o’tkazish, bilmagan narsalarni bilib olish, ham g’oliblik, ham mag’lubiyat nashidasini tatib ko’rishdan iborat. Joriy yilning 3 noyabrda Jizzax viloyati Zomin tumani axborot-kutubxona markazi, Zomin tumanida joylashgan Yoshlar ittifoqi agentligi bilan hamkorlikda mahallalararo "Zakovat" intellektual o'yini o’tkazildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuvda Bog’ishamol MFY “Yoshlar” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. "Zakovat" intellektual o'yini qatnashchilariga esdalik sovg'alari va kitoblar jamlanmasi sovg’a qilindi. Zomin tumani, 1-sektordagi mahalla yoshlar jamoalari o’rtasida "Zakovat" intellektual o'yini bo'lib o'tdi.
🥇-Bog’ishamol MFY
🥈-Navbaxor MFY
🥉-Qayirma MFY
jamoalari g'oliblikni qo’lga kiritishdi.