"Zakovat intellektual o'yini"
Joriy yilning 20 oktyabr kuni Zomin tuman Yoshlar itiffoqi binosida 1989 yil 21-oktyabrda O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan til bayramiga "Zakovat intellektual o'yini" tashkil etildi. Ushbu Zakovat intellektual o'yinida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari ham o'z chiqishlari bilan faol qatnashishdi va jamoasini IDROK deb nomladi. O'z hudud mahalalaridagi Zakovat o'yinlarining qishki mavsumida tengsiz deb topilgan 6 ta dan jamoa qatnashgan ushbu SINXRON turnirda Kubok egalari aniqlandi. 6 ta mahallada bo'lib o'tgan Chempionlar kubogi o'yinlarida jami 44 ta jamoa ishtirok etdi. Kubok o'yinlari SINXRON tarzda bo'lib o'tdi, ya'ni jamoalar bir xil vaqtda, bir xil savollar paketini o'ynashdi. Kubok egalari 3 turdan iborat 36 ta savoldan keyin aniqlandi. Eng qizig'i har bir mahalla kubogini o'ziga xos nomlanishi edi: "Qayirma kubogi", "Xalqabod kubogi", "Qo'rg'on kubogi", "Bog'ishamol kubogi", "Navbahor kubogi" va "Oq tepa kubogi". Murosasiz kechgan turnir yakunda 22 ochkoni qo'lga kiritgan Qayirma mahallasining tajribali bilimdonlaridan tashkil topgan "IDROK" jamoasi g'olib bo'ldi va "Qayirma kubogi"ni ilk sohibiga aylandi. Endi ushbu kubokni birinchi sohibi sifatida kubokka "IDROK" jamoasi nomi o'yib yoziladigan bo'ldi.
Kubok o'yinida jamoalar quyidagichi o'rinlarni egallashdi:
🏆 - IDROK jamoasi (Qayirma MFY) - 22 ochko;
🥈 - ISHONCH jamoasi (Xakqabod MFY) - 17 ochko;
🥉 - MAGNAVR jamoasi (Navbahor MFY) - 15 ochko;
4️⃣ - REMIX jamoasi (Oq tepa MFY) - 14 ochko;
5️⃣ - KARSU jamoasi (Qo'rg'on MFY) - 12 ochko;
6️⃣ - ZIYALI JASLAR jamoasi (Bog'ishmol MFY) - 11 ochko;
🎙O'yinda boshlovchilik va hakamlik qilgan Zomin tuman Yoshlar itiffoqi agentligi mutaxassislariga hamda Sardor Safarovga, chiroyli savollar tuzgan savollar mualliflariga va o'yin tashkilotchilariga ham o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
https://telegra.ph/Zakovat-intellektual-oyini-10-20-2