“Zakovat” intellektual o‘yini
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Jizzax vilayati Ichki ishlar tizimiga qarashli mintaqaviy o‘quv markazida o‘zbek adabiyotining taniqli vakili Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlab “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Mazkur o‘yinda ishtirokchilar shoirning hayoti va ijodi, uning mashhur asarlari hamda umumiy adabiyot va madaniyatga oid savollar asosida bellashdilar. Tadbir davomida qatnashchilar o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etib, faol ishtirok etdilar.
Ushbu “Zakovat” o‘yini yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, bilimga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda milliy adabiyotimizni yanada kengroq o‘rganishga xizmat qildi.