"Zakovat" intellektual o'yini
"Zakovat"
11-iyun sanasida RMMM Zomin tumam bo'linmasi, Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda Zomin "YULDUZCHA" bolalar sog'lomlashtirish oromgohi mas'ullari hamkorligida "Yulduzcha" oromgohi bolalari o‘rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi
Bolalar bilim maydonida kuch sinashar ekan, intellektual o‘yin qizg‘in muhitda davom etib nafaqat javoblar, balki tezkor fikr, jamoaviy hamjihatlik va zukkolik sinovdan o‘tkazildi.
Savollar sermazmun, raqobat shiddatli, ammo ishtirokchilarning bilimga bo‘lgan chanqoqligi bundan-da kuchli edi!
Har bir jamoa zafar uchun astoydil kurash olib bordi.Yakunda g‘olib va faol jamoalar munosib taqdirlandi.