"Zakovat" intellektual o'yini.
Joriy yilning 31 iyul sanasida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Jizzax garnizonidagi 25931 harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi. Jizzax viloyati Zomin tumanidagi otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida "Biz bir bo'lsak yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz" shiori ostida harbiylashtirilgan majmuaviy "Zakovat" intellektual o'yini hamda sport musobaqalari o'tkazildi. Musobaqada jamoalar "Harbiy estafeta", "Arqon tortish" hamda "Zakovat" kabi shartlar bo'yicha o'zaro bellashishdi. Zakovat tadbiri Zomin tuman axborot-kutubxona markazida o'tkazildi. "Zakovat" intellektual o'yinida "Xalqabod"MFY, "Q'rg'on"MFY, "Birlik"MFY, hamda "Oq tepa"MFY jamoalari o'zaro bellashishdi. "Zakovat” intellektual o'yinida "Birlik"MFY jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Ular axborot-kutubxona markazi hamda Jizzax garnizonidagi 25931 harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan tashakkurnoma hamda estalik sovg'alari bilan taq'dirlandi. "Zakovat" intellektual o'yini qiziqarli va maroqli o'tdi.