“Zakovat” intellektual o’yini
“Zakovat” intellektual o’yinining bosh maqsadi – yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish, do’stlar orttirish, hurmat-e`tibor qozonish, o’tib borayotgan vaqtni mazmunli o’tkazish, bilmagan narsalarni bilib olish, ham g’oliblik, ham mag’lubiyat nashidasini tatib ko’rishdan iborat. Joriy yilning 15 aprel kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazi, Zomin tumanida joylashgan 16-maktab bilan hamkorlikda yosh kitobxonlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o’tkazildi. "Zakovat" intelektual o'yini da" "Mega Star", "Dominant" hamda "Aristakratlar" jamoaliri o'rtasida "Zakovat” intelektual o'yini tashkil etildi. "Zakovat” intellektual o'yinida "Mega Star" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Ular tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.