“Zakovat” intellektual o’yini
“Zakovat” intellektual o’yinining bosh maqsadi – yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish, do’stlar orttirish, hurmat - e`tibor qozonish, o’tib borayotgan vaqtni mazmunli o’tkazish, bilmagan narsalarni bilib olish, ham g’oliblik, ham mag’lubiyat nashidasini tatib ko’rishdan iborat. Joriy yilning 14 mart sanasida Zomin tumani axborot-kutubxona markazi, Zomin tumanida joylashgan Yoshlar ittifoqi agentligi bilan hamkorlikda mahallalararo "Zakovat" intellektual o'yini o’tkazildi. "Zakovat" intelektual o'yinida "Mega Star", "Zukkolar" hamda "Intelekt" jamoaliri o'rtasida "Zakovat” intelektual o'yini tashkil etildi. "Zakovat” intellektual o'yinida "Mega Star" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Ular tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.