“Zakovat” intellektual o’yini
“Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”
Аlisher Navoiy
“Zakovat” intellektual o’yinining bosh maqsadi – yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish, do’stlar orttirish, hurmat - e`tibor qozonish, o’tib borayotgan vaqtni mazmunli o’tkazish, bilmagan narsalarni bilib olish, ham g’oliblik, ham mag’lubiyat nashidasini tatib ko’rishdan iborat. Joriy yilning 11 mart Zomin tumani axborot-kutubxona markazi o'quv zalida yosh kitobxonlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o’tkazildi. "Zakovat" intelektual o'yini da" "Mega Star", "Zukkolar", "Intelekt", "Dominant" hamda "Aristakratlar" jamoaliri o'rtasida "Zakovat” intelektual o'yini tashkil etildi. "Zakovat” intellektual o'yinida "Mega Star" jamoasi yani 60-maktab o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Ular tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.