“Zakovat” intellektual o’yini.
“Zakovat” intellektual o’yinining bosh maqsadi – yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish, do’stlar orttirish, hurmat-e`tibor qozonish, o’tib borayotgan vaqtni mazmunli o’tkazish, bilmagan narsalarni bilib olish, ham g’oliblik, ham mag’lubiyat nashidasini tatib ko’rishdan iborat. Joriy yilning 28 fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o’tkazildi. "Zakovat" intelektual o'yinida "Mega Star", "Dominant" hamda "Aristakratlar" jamoaliri o'zlarini bilim va kuchlarini sinab ko'rishdi. "Zakovat” intellektual o'yinida "Mega Star" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Ular tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi. Tadbir qiziqarli va mazmunli o'tdi.