“Zakovat” intellektual o’yini
“Zakovat” intellektual o’yinining bosh maqsadi – yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish, do’stlar orttirish, hurmat-e'tibor qozonish, o’tib borayotgan vaqtni mazmunli o’tkazish, bilmagan narsalarni bilib olish, ham g’oliblik, ham mag’lubiyat nashidasini tatib ko’rishdan iborat. Joriy yilning 16 fevral kuni Zomin tumani axborot-kutubxona mamarkazi kòchma kutubxonasi hamda Zomin tuman 15- umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda "Zakovat" intellektual o'yini o’tkazildi. "Zakovat" intelektual o'yinida "Aristokratlar", "Dominant" hamda "Star" jamoalari o'rtasida "Zakovat” intelektual o'yini tashkil etildi. "Zakovat” intellektual o'yinida "Aristokratlar" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritishdi. Ular tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.