"Zakovat"
Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot kutubxona markazida 2022–yil 31-oktabr kuni "INFOLIB O'ZBEKISTON–2022" XI Milliy Axborot - kutubxona haftaligi va "Yangi O'zbekistonning intellektual salohiyati-yoshlar qo'lida!" II Yosh kutubxonachilar forumi doirasida faol kitobxonlar ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. Zakovat intellektual o'yiniga "Birlik", "Qayirma", "Oqtepa", "Xalqabod" MFY istiqomat qiluvchi yosh kitobxonlar ishtirok etishdi.