"Zakovat"
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022 yil 7 sentabr kungi 198-sonli farmoyishi asosida Ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "Kasbiy tayyorgarlik" oyligi o'tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Zomin tumani IIB xodimlari hamda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Zomin tuman Kengashi bilan hamkorlikda "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi. "Zakovat" intellektual o'yinida ichki ishlar organlari xodimlar jamoasi juda faol qatnashishdi. Ular tashakkurnoma hamda estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.