Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Buyuk shox va shoirga ehtirom"
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Fondlarni to'ldirish, saqlash va qayta ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan iste'dodli shoir,adib,zakovatli olim, tarixchi,ulkan davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan "Buyuk shox va shoirga ehtirom" nomli ko'rgazma tashkil qilindi. Ko'rgazmada "Tafakkur gulshani" kitobxon klubi o'quvchilari ishtirok etdi. O'quvchilarga Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma"asari haqida qisqacha sharxlar berib o'tildi va boshqa yozuvchilarning Bobur haqida yozgan asarlari bilan ham tanishtirildi. Ko'rgazmaga 25 tadan ziyod kitob qo'yildi.