Zahiriddin Muhammad Bobur - adolatli shoh va buyuk shoir
Joriy yilning 14-fevral kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, mutafakkir, davlat arbobi, mohir sarkarda, Boburiylar davlatining asoschisi – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Zahiriddin Muhammad Bobur - adolatli shoh va buyuk shoir” mavzusida 40- umumta'lim maktabi bilan hamkorlikda maktab binosida adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi. O'quvchiar tomonidan Bobur hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar berib o‘tilgandan so‘ng, maktab o‘quvchilari g‘azal va ruboiylar aytishdi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan qo‘shiq tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Tadbir yakunida maktab ma’muriyati hamda Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tomonidan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi. https://t.me/zomin_kutubxonasi/13755