"Yurtimiz madhiyasi 30 yoshda"
O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Axborot-kutubxona markazi hamda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Zomin tuman bo'linmasi bosh mutaxassisi G.Rasulova bilan hamkorlikda "Yurtimiz madhiyasi 30 yoshda" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati boshlanishidan avval Davlat madhiyamiz yangradi va unga ishtirokchilar tomonidan hurmat bajo keltirildi.Davra suhbati davomida O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining yaratilishi haqida atroflicha keng ma'lumot berildi. Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi F.Mamatqulova tomonidan taqdim etilgan videorolikka sharh berildi. Davra suhbati davomida Zomin TAKM mutaxasislari tomonidan shoirlar qalamiga mansub madhiya haqidagi she'rlar yod olindi.