“Yurtim tarixi”
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tuman bo‘linmasi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi va tuman Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublika Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “Yurtim tarixi” mavzusida insholar tanlovi hamda “Vatan muqaddasdir” mavzusida “Sherxonlik” tadbiri tashkil etildi.
Tanlovda tumandagi umumta’lim maktablaridan 12 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi. Tadbir davomida tanlov g‘oliblari va tadbirlarda faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar Tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.