"Yurtim senga she'r bitdim bu kun... "
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini nishonlash borasida "Yurtim senga she'r bitdim bu kun... " ģoyasi ostida òtkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasi asosida Yoshlar markazi òquvchi kutobxonlari òrtasida davra suhbati tashkil qilindi.
Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 32 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir. Kitob nafaqat bilim manbai, balki inson qalbiga ezgulik urug'ini ekuvchi vosita hamdir. Bugun yoshlar o'rtasida kitob targ'iboti olib borildi, kitobxonlar tomonidan sevib o'qiladigan hamda kutubxonaga yangi olingan badiiy adabiyotlar targ'ib qilindi.