"Yuksaklik darajasining mahsuli kitob o'qishdir"
Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Fondlarni butlash, saqlash, ishlov berish xizmati xodimlari tomonidan "Yuksaklik darajasining mahsuli kitob o'qishdir" mavzusida kitob ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Bolalarni yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishtirilib, ularga ko'proq kitob o'qish tavsiya etildi. Bolalarning sevimli yozuvchilari hayoti va ijodi, asarlari yuzasidan savollar berildi. Faol kitobxon bolalar savollarga javob berdilar. Ko'rgazma qiziqarli tassurotlarga boy tarzda bo'lib o'tdi.
https://telegra.ph/Yangi-kelgan-adabiyotlar-02-07