Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida, 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinining 31 yilligi munosabati bilan Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi 15- qoshida ochilgan ko'chma kutubxonasi hamda 15-umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda "Yuksaklarda hilpiragin-bayrog'im!" mavzusida musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbir noan'anaviy tarzda ko'tarinki kayfiyatda boshlandi. Tadbirda bayrog‘imizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar yangradi. Maktab o‘quvchilari tomonidan turli sahna ko‘rinishlari va raqslar ijro etildi.