"Yozuvchini xotirlab" davra suhbati.
Joriy yilning 13-may sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Zomin tumanida joylashgan 16-maktab kutubxona o'quv zalida o'zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, o'qituvchi va o'quvchilar qalbidan chuqur joy egallagan adibimiz, bolalar yozuvchisi, Xudoyberdi To'xtaboyev hayoti va ijodiga bag'ishlab, "Yozuvchini xotirlab" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Unda faol kitobxonlar to'garagi a'zolari ishtirok etishib, ko'rgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqib, sevimli yozuvchimiz haqida yana ham ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lishdi.