“Yozgi ta’til – kitob bilan maroqli”
“Yozgi ta’til – kitob bilan maroqli”
Yozgi ta’til kunlarida bolajonlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar yozgi ta’tilni samarali o‘tkazish, mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati, kitobning bilim va tafakkurni boyitishdagi o‘rni haqida fikr almashdilar. Bolajonlar o‘zlari sevib o‘qigan kitoblari haqida so‘zlab berib, qiziqarli savol-javoblar va mushohadalarda faol qatnashdilar.
Davra suhbatida kitob o‘qish nafaqat bilim olish, balki yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning o‘qish ko‘nikmalarini mustahkamlashga ham xizmat qilishi ta’kidlandi. Kutubxonalarda tashkil etiladigan yozgi mutolaa dasturlari bolalarda kitobga mehr uyg‘otishi va ularning ijodiy fikrlashini rivojlantirishi qayd etildi.
https://t.me/zomin_kutubxona/25490