"Yozgi mutoala zavqi"
Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi Yozgi mutolaa zavqi. Kitobga mehr qo‘ygan kishi bu zavqning qadr-qimmatini yaxshi anglaydi. Ongu-shuʼurini ilm bilan oziqlantirib boruvchi kitobsevarlar bu zavqning nechog‘lik aziz va mukarram ekanligini bilishadi.
Ana shunday zavqdan tinglovchilarni ham bahramand etish hamda ularda kitob o‘qishga, ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqni yana-da jonlantirish, shuningdek, tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini unumli va mazmunli o‘tkazishlarini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining barcha bazalarida shu jumladan, Bektemir bazasida ham tinglovchilar uchun “Mutolaa vaqti” nomi ostida adabiy-badiiy soatlar tashkil etilmoqda va buning uchun institut rahbariyati tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.