"Yoshlar va qonun"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Zomin tuman bo'linmasi va Tuman IIB hamda 75-umumiy o'rta ta'lim maktabi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan "Yoshlar va qonun" mavzusida viktorina o'yini tashkil etildi. Tadbirga tumanimizning umumta'lim maktablaridan iqtidorli o'quvchilar tashrif buyurishdi. Viktorina o'yini shartiga ko'ra har bir jamoada 6 nafardan ishtirokchi bo'lib, shartlarni hamkorlikda bajarishlari aytib o'tildi. Dastlab jamoalar o'zlari tayyorlab kelgan huquqiy soxaga oid sahna ko'rinishlarini taqdim etdilar. So'ng har bir jamoaga hakamlar hay'ati tomonidan tayyorlagan huquqiy soxaga oid maktabda o'tilgan mavzulardan kelib chiqib, muammoli holatlarni hal etishga oid savollar ketma-ket berildi. Har bir jamoa olgan bilimlaridan kelib chiqib savollarga javob berdilar. G'olib bo'lgan jamoa estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Bunday tadbirlarning tashkil etilishi har bir demokratiyaga asoslangan jamiyatda o'sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy ongining yanada rivojlanishida katta hissa qo'shadi.