Yoshlar va kitob — kelajak sari mustahkam juftlik
Yoshlar va kitob — kelajak sari mustahkam juftlik
Bugun kutubxonamiz yoshlar bilan yanada go‘zallashdi!
Joriy yilning 12- iyun kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari bilan mazmunli uchrashuv, ilmga boy ekskursiya tashkil etildi.
Yoshlarimiz kutubxona fondi, axborot resurslari, va xorijiy adabiyotlar bilan tanishdi.
Ular kutubxona faqat kitob o‘qiladigan joy emas, balki bilim, rivojlanish va ijodiy o‘sishga yetaklovchi muhit ekanini his qilishdi.
Har bir savol, har bir nigoh – bilimga bo‘lgan chanqoqlik va o‘zini topishga bo‘lgan intilish timsoli edi.
Kutubxona – bu orzular boshlanadigan, yutuqlarga ilk qadam qo‘yiladigan maskan.
Yoshlarimizga ilmli, izlanishga to‘la yo‘l tilaymiz. Kutubxona ularga ilhom, bilim va orzu-umid manbai bo‘lishiga ishonamiz. Kelajak sizniki!